Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat Tuychiyeva Dilshoda Daminovna tomonidan Uchtepa mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi Do'lmonov Shohjahon Dilshod o'g'lining faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning muammolarini aniqlash va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi faoliyatiga bevosita yoshlarning fikrini o‘rganish maqsadida mahalla yoshlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma orqali yoshlarning mahalladagi mavjud imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar va yoshlar yetakchisi faoliyatiga munosabati o‘rganilib, kelgusida yoshlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar shakllantiriladi.