35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
QONUN — MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA TOM QISMLARI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
янв.21
“Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror agrar taraqqiyot: ustuvor vazifalar va istiqbollar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
янв.21
XOTIN-QIZLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR VA AMALIY YECHIM MARKAZIDA
янв.21
“Xislat” mahallasida hududlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
“Universitet” mahallasida aholi murojaati amaliy yechim topmoqda
янв.21
“XONCHARBOG‘” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“ACHAOBOD” MAHALLASIDA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qonun ijrosi — deputat e’tiborida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qonun ijrosi — deputat e’tiborida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Xamdamova «Terakzor» mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida mahallada yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvarda qabul qilingan «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi O‘RQ-364-son Qonuni ijrosi savolnoma asosida tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida vasiylik va homiylikka muhtoj bo‘lgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur ijtimoiy-maishiy va boshqa ko‘maklarni ko‘rsatish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mahallada yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, sport va to‘garaklarga jalb etilishi hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlar haqida ularni keng xabardor qilish hamda qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlarning amalda ta’minlanishini nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.
Deputat N.Xamdamova bunday o‘rganishlar mahallada aholi, ayniqsa yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar muammolarini aniqlash, ularni hal etishga ko‘maklashish hamda qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Slide 1 of 3