📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Mirjamol Mirsaidov o‘z saylov okrugidagi "Istiqlol" mahallasining 2-ko‘chasida joylashgan bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
❗️O‘rganish davomida ko‘cha boshi hamda hudud aholisi bilan suhbat o‘tkazildi. Fuqarolar tomonidan bolalar maydonchasidagi o‘yin qurilmalarining eskirgani, ayrim jihozlarning nosoz holga kelgani va maydonchani ta'mirlash zarurligi aholining e'tirozlariga sabab bo‘layotgani ta'kidlandi.
✅Deputat bildirilgan murojaat va takliflarni qayd etib, mazkur masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ma'lum qildi.