Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Zafarbek Dovletov tomonidan “Suv yetkazib berish” davlat muassasasi rahbari nomiga kiritilgan 92-DS-sonli deputat so‘rovnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganishda “Suv yetkazib berish” davlat muassasasi mutaxassislari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi ishtirok etdi. Jarayonda deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ijroni ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.