✅ Uchko‘prik tumani Markaziy tug‘ruqxona kompleksi rahbarining 2025-yil yakunlari va 2026-yil ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti doimiy komissiya a’zolari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish yakunlari doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Tayyorlangan savolnoma asosida tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrda PQ-296 son Qarorining ijrosi o‘rganildi:
2025-yil va 2026-yil ikkinchi choragi mobaynida bolalar va onalar o‘limi qayd etilishi holati;
2025-yil va 2026-yil ikkinchi choragi qayd etilgan erta tug‘ruq xolatlari;
tug‘ruqxona kompleksida qayd etilgan sog‘lom bolalar soni;
nogironlik bilan tug‘ilgan bolalar soni;
irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalar soni;
tug‘riqxona kompleksidagi favqulotda vaziyatlarda
dori - darmon zaxira omborining holati;
tibbiy asbob - uskunalarning yetishmasligi, olib kelish uchun so‘rovnoma yuborilganligi va olib kelingan asbob-uskunalar holati;
tug‘ruqxona kompleksidagi mavjud dori-darmonlarni ishlatilganligi bilan solishtirish;
2025-yil va 2026-yil ikkinchi choragi davomida sarf qilingan dori darmonlar to‘g‘risida;
narkotik dorilarnining sarf etilganlik holati.
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibidagi masalani xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining sessiyasi kun tartibiga kiritilishi tavsiya etildi.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇