35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
🏛 XISLAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLARNI MANZILLI O‘RGANISHNING AMALIY TIZIMI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDA YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI TURDIQUL BOBOMURATOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
Deputat Ibaydullo Mamajanov “Ziyo” mahallasidagi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi
янв.21
“IBROHIM OTA” MFYDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“Yostiqsiz uxlash: foyda yoki zararmi?” — deputat maqolasi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida ko‘p qavatli uylar va hudud obodligi holati joyiga chiqib o‘rganildi
Mahalliy budjet mablag‘larining samarali sarflanishi deputatlar nazoratida

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (2013-yil 26-dekabr, O‘RQ-360-son) hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida tashkil etilmoqda.

💬Bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni oldindan joyiga chiqqan holda o‘rganish, taqdim etilgan hujjat va ma’lumotlarning amaldagi holatga qay darajada mos kelishini tahlil qilish hamda masalalar yuzasidan asoslantirilgan xulosa va takliflarni shakllantirishdan iborat.

💬Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, kotibiyat mutaxassislari hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘. Toshov ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish manzili — shahardagi 23-sonli umumta’lim maktabi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq ishlar, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar hamda taqdim etilgan hujjatlarda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar bilan joydagi amaldagi holat o‘zaro solishtirildi.
Ma’lumki, 23-sonli umumta’lim maktabini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratilishi belgilangan. Shu bois o‘rganish davomida ajratilishi ko‘zda tutilayotgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, rejalashtirilgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, ta’lim muassasasida yaratilayotgan shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiqligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🔎 Joyiga chiqib o‘rganishning asosiy maqsadi — sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masala bo‘yicha faqat taqdim etilgan hujjatlar bilan cheklanib qolmasdan, uning amaliy holatini ham chuqur tahlil qilishdan iborat.
Bunday yondashuv deputatlarga mavjud muammolarni bevosita joyida aniqlash, mas’ul tashkilotlarning ma’lumotlarini o‘rganish, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mutaxassislarning fikrlarini olish hamda kelgusida tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini bermoqda.
📊 Shuningdek, nazorat-tahlil tadbirlarida doimiy komissiya a’zolari, ishchi komissiya, Kengash huzuridagi ekspert guruhi hamda soha mutaxassislarining ishtiroki masalalarni har tomonlama ko‘rib chiqish va xolis baholashga xizmat qilmoqda.
Bu esa Kengash sessiyalarida muhokama qilinadigan masalalarning puxta tayyorlanishi, qarorlar qabul qilishda real holat va mavjud ehtiyojlarning inobatga olinishi hamda ajratilayotgan budjet mablag‘larining samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Deputatlik nazoratining joylarda amalga oshirilishi — muammolarni aniqlash bilangina cheklanmay, ularni bartaraf etish, mablag‘lardan oqilona foydalanish va aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning sifatini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan bu kabi nazorat-tahlil tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettirilib, sessiya kun tartibiga kiritilayotgan har bir masalani chuqur o‘rganish va uning ijrosini samarali nazorat qilishga e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 6