Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati, 22-Zartepa saylov okrugi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan saylov okrugi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
🌱 Mazkur jarayonda hududning sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni obod va ozoda saqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Obodonlashtirish ishlari hududning ko‘rkamligini ta’minlash, aholi orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va obod mahalla muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Yurtimiz obodligi — barchamizning umumiy vazifamiz!