Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Saidova "Qoraqo‘yli" mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, mahallada yangi tashkil etilgan tikuvchilik sexi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammo belgilangan tartibda nazoratga olinib, "Ko‘chama-ko‘cha yurish" daftariga qayd etildi.