Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov tomonidan "Bogʻishamol" mahalla fuqarolar yigʻinida hudud aholisining murojaatlarini oʻrganish maqsadida mahalla raisi, nuroniylar va faollar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Muloqot davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalardan biri — ayrim koʻchalarga ichimlik suvi yetib bormayotgani muhokama qilindi. Mazkur muammo belgilangan tartibda nazoratga olinib, "Koʻchama-koʻcha yurish" daftariga qayd etildi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni bosqichma-bosqich hal etishga xizmat qiladi.