Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G‘.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida "Yosh kuch" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, infratuzilmani yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, obodonlashtirish ishlari hamda aholining ijtimoiy muammolari yuzasidan murojaatlar tinglandi.
🔹Murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, qonunchilik doirasida yechim topish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
🔹Bunday uchrashuvlar deputatlarning saylovchilar bilan doimiy muloqotini ta’minlash, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.