Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya a’zosi hamda tuman hokimi Akmal Ortiqovich Jimalyazov Saidlar hududidagi fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za parvarishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan "Chekanka" (chilpish) agrotexnik tadbirlarini sifatli va o‘z muddatida amalga oshirishga bag‘ishlangan amaliy seminarda ishtirok etdi.
🌱 Seminar davomida g‘o‘za maydonlarida chekanka ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, hosildorlikni oshirish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish hamda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.