35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLARNI MANZILLI O‘RGANISHNING AMALIY TIZIMI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDA YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI TURDIQUL BOBOMURATOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
Deputat Ibaydullo Mamajanov “Ziyo” mahallasidagi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi
янв.21
“IBROHIM OTA” MFYDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“Yostiqsiz uxlash: foyda yoki zararmi?” — deputat maqolasi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida ko‘p qavatli uylar va hudud obodligi holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
CHUQURSOY MFY HUDUDIDA TA’MIRLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Mahallalarda yangicha ish tizimi, energetika barqarorligi va hududiy o‘sishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda parlament ishtiroki, senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlarining nazorat faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

📝 Muhokamada Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustam Kalonov boshchiligida Toshkent shahar Kengashi deputatlari ham ishtirok etdi.

📝 Uchrashuvda energetika sohasini rivojlantirish, elektr va gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash, energiya yo‘qotishlarini qisqartirish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishda parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlariga bir hafta muddatda o‘z saylov okruglaridagi energetika sohasidagi holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi bilan uchrashish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda ularning ijrosini nazorat qilib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔎 Shuningdek, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mikroloyihalarni amalga oshirish, ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

🤝 Senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlariga saylov okruglaridagi “mahalla yettiligi” bilan tizimli hamkorlik qilish, amalga oshirilayotgan loyihalarni joyiga chiqib o‘rganish hamda aholini qiynayotgan muammolarni mas’ul idoralar bilan birgalikda hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🌳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, xavfsiz va ozoda muhit yaratishga aholini keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Muhokama yakunida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahalliy Kengashlarning nazorat vakolatlaridan samarali foydalanish hamda aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9