35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
TA’LIM MUASSASASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
Deputat Abdumannop Abdukayumov mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
“TABASSUM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etish, fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yangi yashil hudud barpo etilmoqda
янв.21
Deputat Umida Fayziyeva mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi
Mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi joylarda o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi D.Suvonova, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning ekspert guruhi rahbari, deputat A.Mustafakulovlar Kengashining 25-"Kokildorota" saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugi hududidagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kompleks nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi.
Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalari, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha o‘rganildi.
Nazorat tadbirlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining asosiy mezoni etib belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida tashkil etildi. Har bir yo‘nalish kesimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari muhokama etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli "Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi alohida nazorat qilindi. Farmon bilan belgilangan vazifalarning mahalla darajasida amalga oshirilishi, mahalla boshqaruvida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, davlat organlari va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda muammolarni manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tahlil o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari davomida mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni yanada rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda mahallada mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Bildirilgan takliflar asosida tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday nazorat-tahlil tadbirlari davlat dasturlari va Prezident hujjatlarida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, mahallalar rivojini jadallashtirish hamda fuqarolarning turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2