“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobsevarlar” klubi a’zolari ishtirokida “Mening sevimli kitoblarim” nomli kitoblar tavsiyasi va targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.
🔰Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularni sara asarlar bilan tanishtirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
✅Muloqot davomida klub a’zolari o‘zlari mutolaa qilgan va hayotlarida chuqur iz qoldirgan sevimli asarlari yuzasidan fikr almashdilar, tengdoshlariga mutolaa qilish uchun eng sara kitoblarni tavsiya etdilar.
📚Kutubxona mutaxassislari ishtirokchilarga yangi adabiyotlar hamda mutolaa qilinishi tavsiya etiladigan durdona asarlar ro‘yxatini taqdim etdilar.
🤝Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ham yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!