Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Marina Murzametova “Ahilobod” mahallasida tashkil etilgan obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etdi.
🌱Obodonlashtirish ishlari doirasida hududni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda mahalla ko‘rkini yanada oshirish maqsadida daraxt va manzarali ko‘chatlar ekildi.
🤝Tadbirda deputat mahalla faollari, aholi hamda mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda ishtirok etib, mahallani yanada obod va fayzli maskanga aylantirishga qaratilgan ishlarda faol qatnashdi.
🌳Mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish mahalliy Kengash deputatlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bizni kuzatishda davom eting!