35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etish, fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yangi yashil hudud barpo etilmoqda
янв.21
Deputat Umida Fayziyeva mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputatlar ishtirokida sayyor qabul hamda mahalla "yettiligi"ning II chorak faoliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yashil hudud barpo etish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
#Deputat_nazarati

Deputat nazoratida: 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan bunyod etilmoqda
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-"O‘rikzor" saylov okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan "Chinor" mahallasida joylashgan 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazorat qilib borilmoqda.

✨Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda mavjud bino buzilib, uning o‘rnida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish ishlari boshlandi.

🏗 Mazkur loyiha hududdagi bolajonlar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya muhitini yaratish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.               

✨Qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi deputatning doimiy nazoratida.                

Slide 1 of 5