Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova boshchiligida Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🤝 Yig‘ilishda tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni o‘rganish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim, tadbirkorlik va volontyorlik yo‘nalishlaridagi imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
📌 Yig‘ilish davomida kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar, hamkorlikdagi tadbirlar hamda Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🌟 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.
✨ Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari! Birgalikda yanada faol va tashabbuskor yoshlar muhitini yaratamiz!