⚡️ DO‘STLIK MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglarida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, targ‘ibot-tushuntirish va xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Shu munosabat bilan, "Do‘stlik" mahallasi qiyofasini yaxshilash maqsadida "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda "uyma-uy" yurilib, obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda. Jarayonda aholining muammolari o‘rganilib, hududni ko‘rkam qilish choralari ko‘rilmoqda.
📌 Asosiy e’tibor:
Ko‘chalar va xonadonlar atrofining tozaligini ta’minlash;
Chiqindi uyumlarining oldini olish va hududni tartibga solish;
Aholi o‘rtasida obodonlashtirish madaniyatini targ‘ib qilish.
🤝 "Mahallamiz obodligi — birdamligimiz mahsulidir. Bayramni munosib kutib olamiz!"