Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
#nazorat tadbiri #o'rganish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📍O‘rganish manzillari:
"Uvaysiy" mahallasi;
"Cho‘lpon" mahallasi.

O‘rganishda shahar Kengashining bir guruh faol deputatlari ishtirok etishdi:
Azamat Mavlonov, Zulfizar Mirzanova, Alisher Samadov, SevaraQodirova, Oybek Qurolboyev hamda Muhiddin Abdullayev, Abdujabbor Djurayev.

O‘rganish jarayonida Mazkur mahallalar raislari hamda mahalla  xotin-qizlar faoli hokim yordamchilarining ish faoliyati Farmon talablari asosida shakllantirilgan maxsus savolnomalar yordamida tahlil qilindi.

✅Mahalla balansidagi muammolarning hal etilish darajasi;
✅Xotin-qizlar faolining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi manzilli ishlar;
✅Hokim yordamchisining  mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi amaliy ishlar;
✅"Mahalla yettiligi" tizimining o‘zaro muvofiqligi.

O‘rganish jarayonida  nazorat tadbirida uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan "Mahalla yettiligi" xodimlari bo‘yicha alohida ma’lumotnoma shakllantirildi.

Mazkur xodimlar faoliyati shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi muhokamasiga kiritildi va natijasi bo‘yicha  choralar ko‘rilishi belgilandi.

✅Xulosa
Deputatlar tomonidan mahalla mas’ullariga aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3