Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
#nazorat #o'rganish

Olmaliq shahar "Furqat" mahallasida ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda xalq vakillari va mutaxassislar mahalla tizimidagi ishlarning holati bilan yaqindan tanishdilar.

👥Ishchi guruh tarkibi:
Deputatlar: Zuhra Po‘latova, Sanjar Mamayusupov, Lenura Baydullayeva, Abdujabbor Jo‘rayev;
Kotibiyat vakili: Bosh mutaxassis Muhriddin Begmatov.

O‘rganilgan masalalar:
"Mahalla yettiligi" faoliyati: Yuritilayotgan hujjatlar, o‘zaro hamkorlik va murojaatlar bilan ishlash tizimi.
Ijtimoiy masalalar: Aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy yordamlar tayinlanishi va oilaviy masalalar.
Yoshlar siyosati: Ishsiz yoshlar bilan ishlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi choralar.
Obodonlashtirish: Hudud tozaligi va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi holati.

✅Xulosa va tavsiyalar:
O‘rganish yakunida ishchi guruh tomonidan mahalla yettiligi faoliyatiga ijobiy baho berildi. Shu bilan birga, chiqindilarni olib chiqib ketish yuzasidan aniqlangan kamchilik "Angren Bunyod Fayz" rahbari orqali shu joyning o'zida bartaraf etildi. Ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida aniqlangan kichik kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi va ma'lumotlar shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga kiritildi.

✅"Mahalla — islohotlarning bosh bo‘g‘ini. Undagi har bir yo‘nalish aholi roziligi uchun xizmat qilishi shart."

Slide 1 of 8