O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ham ishtirok etdi.
📌 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan quyidagi murojaatlar bildirildi:
💧 Birinchi murojaat – Taraqqiyot mahallasining Taraqqiyot ko‘chasiga toza ichimlik suvi o‘z vaqtida yetib bormayotganligi yuzasidan bo‘lib, mazkur masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi.
🛣 Ikkinchi murojaat – Al-Xorazmiy ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l qoplamasi buzilganligi hamda ushbu hududda asfalt yotqizish zarurligi yuzasidan bo‘lib, masalani hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish va deputatlik nazorati tartibida ko‘rib chiqish belgilandi.
Mazkur murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–445) talablari asosida ko‘rib chiqilib, ularning ijobiy yechim topishini ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘riladi.