Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
📌 "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlar e'tiborida

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Z. Polvonova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP Shovot tuman Kengashi raisi O. Akimova tomonidan "Madaniyat" mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹 Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi;
🔹 Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 Yoshlar bandligini ta'minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralari;
🔹 Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ta'lim olishi va salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar;
🔹 Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar;
🔹 Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas'ul xodimlar faoliyati va tegishli hujjatlarning yuritilishi;
🔹 Davlat organlari, ta'lim muassasalari, mahalla va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik holati.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan qonun ijrosini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.
Yoshlar manfaatlarini ta'minlash va ularning kelajagi uchun xizmat qiluvchi davlat siyosati doimiy deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 3