Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 13-"Istiqbol" saylov okrugidan saylangan deputati Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan "Gulbogʻ" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida mahalladagi "Mahalla yettiligi" faoliyati hamda hokim yordamchisi Q.Asilov tomonidan aholini kambagʻallikdan chiqarish, bandligini taʼminlash,oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.Oʻrganishlar natijasida joriy yil boshidan buyon 10 nafar fuqaro doimiy ish bilan taʼminlangani aniqlandi.Shuningdek, 12 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish maqsadida jami 131 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani maʼlum boʻldi. Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish
va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida mikroloyihalar amalga oshirilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun amaliy koʻmak koʻrsatilgani qayd etildi.Shuningdek, yil boshidan ijtimoiy reyestrda roʻyxatda turgan 56 ta oiladan 16 tasiga amaliy yordam koʻrsatilib, ularning daromadlari yaxshilangani hamda ijtimoiy reyestrdan chiqarilgani aniqlandi. Ayni paytda qolgan oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish va ijtimoiy ahvolini yaxshilash boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilayotgani taʼkidlandi.Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.Belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi qayd etildi.
  

Slide 1 of 2