Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yuldashbek tomonidan 19-“Qo‘shchinor” saylov okrugi hududida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
✔️Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, kommunal, bandlik, uy-joy hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ijobiy yechim topdi.
📝Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!