#okrugda_o'rganish
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati N.Voropayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S.Mirzayev tomonidan “Yangibog’”mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.
❗️Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish va mavjud muammolarni tezkor hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📊Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!