Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Kengash_faoliyati

🏛 #24_ta_masala

Mahallalarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida joylarda tizimli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 6-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat K.Amanqulovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov "Navbahor" mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyatini joyida tahlil qildi.

Tashrif davomida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" a’zolarining o‘zaro hamkorligi, aholining murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bunday o‘rganishlar deputatlik faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1