Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Chimboy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Kamalak" oromgohida mazmunli yozgi ta'til davom etmoqda!
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda belgilangan dasturlar ijrosini
ta’minlash masalalari muntazam nazorat qilib borilmoqda.“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Shuxrat Abduxamidovich Abduvoxidov olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari,tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.Kun tartibida Parkent tumanining 2026-yil mahalliy budjetining 1 va 2-choraklar yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi. Hisobotda mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi,belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushumi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan batafsil axborot berildi.Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan budjet tushumlarini yanada ko‘paytirish, soliq bazasini kengaytirish,qarzdorlikni qisqartirish, tadbirkorlik subyektlari bilan manzilli ishlash,budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan savollar berilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, mazkur masalani Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.Namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
  

Slide 1 of 4