Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
🔰Murojaat

🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha" doimiy komissiya aʼzosi, Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodovning davlat xizmatchilariga murojaati.

Hurmatli hamkasblar!

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik, shaffoflik, qonun ustuvorligi va halollik tamoyillarini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda.

Mazkur islohotlarning samaradorligi, avvalo, davlat xizmatchilarining halol, mas‘uliyatli va fidokorona faoliyatiga bog‘liq. Har birimiz zim-mamizdagi vazifalarni qonun talablari asosida, xolis va vijdonan bajarishimiz, xizmat vakolatidan faqat xalq manfaatlari yo‘lida foydalanishimiz zarur.

Shuni unutmasligimiz kerakki, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi davlat va jamiyat taraqqiyotiga, eng avvalo, fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Shu bois manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat faoliyatida shaffoflikni ta‘minlash hamda noqonuniy taklif va bosimlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir davlat xizmatchisining burchidir.

Ayniqsa, byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish, kadrlar bilan ishlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonuniylik va adolat tamoyillariga qat‘iy amal qilinishi shart.

Har bir xodim korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga daxldor ekanini chuqur his etishi lozim. Agar xizmat faoliyati davomida noqonuniy manfaat taklif etilishi yoki korrupsiyaga oid boshqa holatlarga duch kelinsa, bu haqda belgilangan tartibda rahbariyat hamda vakolatli organlarga zudlik bilan xabar berilishi zarur.

Jizzax shahar hokimligida halollik muhitini mustahkamlash, xizmat intizomini kuchaytirish va fuqarolarga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish bundan buyon ham ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. Bizning asosiy maqsadimiz – xalq ishonchini oqlash, har bir murojaatga qonuniy va adolatli yechim topish hamda davlat xizmatining nufuzini yana-da yuksaltirishdir.

Aziz hamkasblar!

Barchangizni xizmat vazifalaringizni yuksak mas‘uliyat bilan bajarishga, kasb odobiga qat‘iy rioya etishga, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lishga va “Halollik – eng oliy qadriyat” tamoyiliga sodiq qolishga chaqiraman.

Ishonchim komilki, barchamizning halol mehnatimiz va mas‘uliyatli yondashuvimiz Jizzax shahrining yana-da taraqqiy etishi, fuqarolar farovonligi hamda Yangi O‘zbekiston rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. 

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov.