Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi shahar filialining faoliyati o‘rganildi

Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi shahar filialining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh a’zolari tomonidan Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi shahar filialining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari, kitob fondidan foydalanish imkoniyatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, filial faoliyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratish, xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7