Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
👩‍⚖️🌸 Gender tenglik qonunchiligi ijrosi o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi "Adolat" SDP deputati X.Davletov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati T.Yaqubov hamda partiyaning Shovot tumani Kengashi raisi M.Abdiyazova ishtirokida Uzunko‘l MFYda xotin-qizlar faoli va "Mahalla yettiligi" faoliyati hamda **"Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"**gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–562) ijrosi o‘rganildi.
📊 Mahalla raqamlarda:
👥 Aholi soni – 3 600 nafar.
👩 Xotin-qizlar – 1 710 nafar.
📒 **"Ayollar daftari"**da – 97 nafar xotin-qiz ro‘yxatda turadi.
💼 Joriy yilda 2 nafar xotin-qiz imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
✅ Ijobiy tajriba
🧵 Mahalladagi yakka tartibdagi tadbirkor Dilafruz Ro‘zmetova o‘z tashabbusi bilan tikuvchilik sexini tashkil etib, 7 nafar xotin-qizning doimiy bandligini ta’minlagan. Ushbu faoliyat mahallada xotin-qizlar bandligini oshirish borasidagi samarali amaliyot sifatida e’tirof etildi.
⚠️ Aniqlangan muammo
📝 O‘rganish davomida tadbirkor Dilafruz Ro‘zmetova "Hunarmand" uyushmasi a’zosi bo‘lishiga qaramay, unga ajratilishi lozim bo‘lgan subsidiya mablag‘i hanuzgacha berilmagani aniqlandi.
🤝 Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, muammoni amaldagi qonunchilik talablari asosida ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish tavsiya qilindi.

Slide 1 of 4