Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi qarori

#Sessiya
#Kengash_qarori

🇺🇿Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi qarori bilan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan jami 2 081,7 mln (ikki milliard sakson bir million yetti yuz ming) so‘m mablag‘ ajratildi.

Jumladan,

Tuman hokimligiga Yangiobod mahallasidan oʻtuvchi yoʻlni ta’mirlash uchun 400,0 tonna, 4K-551 “Sheyxlar Oqtepa-Kadan” avtomibil yoʻlining ta’mirlash uchun 60,0 tonna asfalt mahsuloti sotib olish uchun 276,0 mln.so‘m,

Javlon MFY hududida ishlamay turgan suv minorasini ta’mirlash va 1 500 metr suv tarmog‘ini tortish ishlari uchun 262,0 mln.so‘m,

13 ta MFYda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida tayanch ustunlari, sip kabellar hamda transformator punktlarini ta’mirlash uchun kerakli qurilish materiallari sotib olish uchun 793,7 mln.so‘m,

Qoʻshxovuz mahallasidagi aholi tomorqalarini sugʻorishga moʻljallangan nasos stansiyasiga 40 kWt quyosh panel oʻrnatish uchun 180,0 mln.so‘m,

Qoʻshtepa, Qoqsoy, Jumaboy, Yodgorxoʻja, Balandravot va Yangiravot mahallalarida “Work out” sport maydonchasi tashkil etish uchun 150,0 mln.so‘m,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bо‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bо‘lmagan 7 ta oilalar xonadonlarining energiya tejamkor qilib ta’mirlash uchun 420,0 mln.sо‘m,

“Ijtimoiy reyestr”da ro‘yxatda turgan 1698 nafar ehtiyojmand fuqarolar va 225 nafar yolg‘iz yashovchilar reyestrdagi fuqarolarga “Qurbon hayiti” munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish uchun 792,3mln.so‘m mablag‘lar ajratildi.

Batafsil...

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram