Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_qonun

🗣Tinchlik va xavfsizlik nazoratda: "Xo'jayipok" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi

⏺Bandixon tumanida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari deputatlarimizning doimiy diqqat markazida turibdi.

📍Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 10-Xo'jayipok saylov okrugidan saylangan deputat M.Omonullayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov tumandagi"Xo'jayipok" mahallasida bo‘ldi.

💬o‘rganish jarayonida mahallada xavfsizlikni ta'minlashning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan profilaktika inspektorining faoliyati tahlil qilindi.

💬Ushbu nazorat-tahlil jarayoni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida tashkil etilib, profilaktika inspektorining bugungi kundagi ish samaradorligi quyidagi yo‘nalishlar kesimida atroflicha ko‘rib chiqildi:

🟢Jinoyatchilikning oldini olish: Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli choralar, profilaktik tadbirlar va ularning amaldagi natijadorligi;

🟢Jamoat tartibini saqlash: Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash hamda mahalla hududida tinch muhitni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lami;

🟢"Xonadonbay" tizimi va maqsadli guruhlar bilan ishlash: Aholi, ayniqsa, yoshlar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va profilaktik nazorat (hisob)da turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, yakka tartibdagi suhbatlar hamda "xonadonbay" ishlash tizimining samaradorligi.

🫥O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, "mahalla yettiligi" va profilaktika inspektori hamkorligini yanada kuchaytirish hamda hududda jinoyatchilikdan xoli muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 2