Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
Tibbiyot muassasasi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi

Tibbiyot muassasasi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning qabul bo‘limi faoliyati, bemorlarni qabul qilish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda moddiy-texnik bazaning bugungi holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati va tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda muassasa faoliyatini yanada takomillashtirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida bildirilgan taklif va mulohazalar tegishli tartibda qayd etildi.

Slide 1 of 4