Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova O‘rikzor mahallasida amalga oshirilgan "Open byudjet" loyihasi ijrosini o‘rgandi.
Loyiha doirasida mahalladagi 5 ta ko‘cha asfaltlashtirilib, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratildi.
Fuqarolarning tashabbusi asosida hayotga tatbiq etilgan ushbu loyiha mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush farovonligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.