Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva "Shodiyona" MFY hududidagi 94-DMTT muassasida bo'ldi.
янв.21
Olmazor tumanidagi "G‘alaba" MFY hududidagi Deputat “DREAM IMPEX GROUP” MCHJ faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish holati yuzasidan hisobot tinglandi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida kun tartibidagi muhim masalalardan biri — Qo‘qon shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘ining atrof-muhitni muhofaza qilish holati to‘g‘risidagi hisoboti bo‘ldi.

Sessiyada ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Jumladan, noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish, sanitariya holatini yaxshilash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda ekologik nazorat tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yirik sanoat korxonalarida atmosfera havosiga zararli tashlamalarni kamaytirish maqsadida zamonaviy chang ushlash qurilmalari va avtomatik monitoring tizimlarini joriy etish, korxonalar atrofida “yashil belbog‘”lar tashkil etish hamda ekologik nazoratni kuchaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Sessiyada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarini saqlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda yashillik darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, Qo‘qon shahar “Rayxon” MFY hududida “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, “Open Budget” portali orqali g‘olib deb topilgan loyiha asosida mahalla hududida yangi yashil bog‘ barpo etish, sug‘orish tizimini yaratish, hududni obodonlashtirish va ko‘chatlar ekish ishlari amalga oshiriladi.

Deputatlar tomonidan ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, “Yashil makon” va “Mening bog‘im” loyihalari ijrosini samarali tashkil etish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida Qo‘qon shahrida ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6