Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Olmazor tumanidagi "G‘alaba" MFY hududidagi Deputat “DREAM IMPEX GROUP” MCHJ faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov, O‘zLiDeP partiyasi Olmazor tuman Kengashi xodimi Sh.Inaganova hamda Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi K.Qo'chqorov ishtirokida Yoshlik MFY hududida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Bozorlardagi narx-navo va mahsulotlar yetarliligi deputat nazoratida
янв.21
Umumta’lim muassasasidagi sharoitlar deputat ishtirokida muhokama qilindi
#LIVE_28_sessiya

2026-yil 25-iyun kuni Jondor tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarorining Jondor tumanida ijrosi, 2025-yil yillik hamda 2026-yil birinchi chorak jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, Jondor tumanida 2026-yilda mahalla infratuzilmasini yaxshilash orqali xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shart sharoitlar yaratish va aholi bandligini taʼminlashga turtki beruvchi loyihalar, Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlar, Jondor tumani mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish, Jondor tumanidagi mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarni yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturini tasdiqlash, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 18-martdagi VII-24-27-2-35-K/26-sonli qarorining ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, Jondor tumani “Yoshlar daftari” jamg’armasi mablag’laridan foydalanish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha deputatlar tomonidan atroflicha muhokamalar olib borildi va Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10