Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
QONUN IJROSINI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI BOSHLANDI

 QONUN IJROSINI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI BOSHLANDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining joriy yil iyun oyiga mo‘ljallangan
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining
sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-son Qonuni
ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan
o‘rganish ishlarini o‘tkazish belgilangan.


Mazkur o‘rganish ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida tuzilgan ishchi
guruh tarkibiga Kengashning tegishli doimiy komissiyasi a’zolari, soha
mutaxassislari, huquqshunoslar, Kengash huzuridagi ekspert guruhi hamda Yoshlar
maslahat guruhi a’zolari, shuningdek, O‘zLiDeP, O‘zXDP, MTDP va O‘EP siyosiy
partiyalari vakillari kiritildi.


Kotibiyat mudiri R.Nodirov rahbarligida o‘tkazilgan mashg‘ulot davomida
qonunning mazmun-mohiyati yana bir bor o‘rganilib, uni amalda qo‘llash
mexanizmlari hamda o‘rganish jarayonini tizimli tashkil etish masalalariga
alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan o‘rganish
ishlarini samarali tashkil etish hamda qonun ijrosini to‘g‘ri baholash
yuzasidan kelishib olindi.


Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni tizimli tahlil
qilish, ular yuzasidan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda
qonun ijrosini samarali ta’minlashga qaratilgan amaliy choralarni belgilash
bo‘yicha kelishib olindi. Shuningdek, ishchi guruh a’zolarining vazifa va
mas’uliyatlarini aniq belgilash, o‘rganish natijalarini belgilangan tartibda
rasmiylashtirish hamda ular asosida tegishli qaror va tavsiyalarni tayyorlash
zarurligi qayd etildi.
  

Slide 1 of 3