Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA “MENING BOG‘IM” LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI

 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA “MENING BOG‘IM” LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya
masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi ekspert guruhi hamda Yoshlar
guruhi vakillari ishtirok etdilar.


Yig‘ilish kun tartibida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik
fikri asosida shakllantirilgan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ovoz berish
natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan Katta Dehqonobod mahalla fuqarolar
yig‘inining Mehnatobod ko‘chasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib
chiqildi.


Mazkur masala yuzasidan tuman hokimligi hamda viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi
bosh boshqarmasi Ekopolitsiyaning tuman bo‘limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar
eshitilib, loyihaning maqsadi, amalga oshirish mexanizmlari, hududni
ko‘kalamzorlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash borasida rejalashtirilgan
ishlar muhokama qilindi.


Muhokamalar davomida deputatlar, ekspertlar va yoshlar guruhi vakillari
tomonidan loyihaning aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, ekologik
barqarorlikni ta’minlash hamda hududning yashillik darajasini oshirishdagi
ahamiyati alohida ta’kidlandi.


Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, loyihaning
sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash hamda uning ijrosi
ustidan deputatlik nazoratini olib borish belgilandi.
  

Slide 1 of 3