📌 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ UCHRASHUV O‘TKAZILDI
🏫 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Xakimova tomonidan “Boybuloq” mahallasida saylovchilar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid dolzarb masalalar, kundalik turmushda uchrayotgan muammolar hamda taklif va murojaatlar tinglandi.
📋 Xususan, aholini qiynab kelayotgan infratuzilma, bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar va boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
🗣 Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ularni o‘rganish va bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
📌 Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda muammolarni tizimli ravishda hal etish bo‘yicha ham taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.