28-Qorabo‘yin saylov okrugi deputati O‘.Shukurov tomonidan Do‘rmonsoy va Boldir mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning 600 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olayotgan 6-umumta’lim maktabining 1993-yildan buyon qurilishi chala qolgan binosi yuzasidan murojaatlari o‘rganildi.
Ota-onalar maktab binosining foydalanishga topshirilmayotgani, natijada farzandlarning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olishi uchun yetarli imkoniyat yaratilmayotganidan norozilik bildirishmoqda.
Mazkur murojaatlar asosida 6-umumta’lim maktabining chala qolgan qurilishini yakunlash hamda foydalanishga topshirish uchun 755 mln so‘m mablag‘ ajratilishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Kelajak avlodning sifatli ta’lim olishi uchun zarur sharoit yaratish — bugunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.