✍️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B. Sadikova tomonidan Yangi Sanoat mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.
📖O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar, murojaatlar bilan ishlash holati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda ijtimoiy xizmatlarning sifati yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
📈Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand oilalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash jarayonlari ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✍️Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.