Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “15-Bo‘stonobod” saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva ishtirokida hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.
янв.21
Tibbiyot sohasida yangi bosqich!
янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram
янв.21
“Tepaguzar” mahallasida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod - Uchinchi Renessans poydevori!”
янв.21
Oʻzbekiston–Indoneziya hamkorligi: mahalliy hamjamiyatlar tajribasi almashilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
Dasturlar ijrosi o'rganilmoqda

Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-17-169-3-46-K-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumanda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha Kichik dastur ijrosi yuzasidan belgilangan loyihalarning amalga oshirilish holati Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Tumanning barcha hududlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, ekin maydonlaridan samarali foydalanish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida 1911 gektar yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o'rganildi.

Slide 1 of 4