Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati yuzasidan o`rganish olib borildi
янв.21
"Mustaxkam oila - jamiyat poydevori" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
Oltinsoy mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Olmazor tumanidagi “Shodiyona” mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumanidagi "Gulsaroy" MFY yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
“Haftalik ish reja doirasida deputatlar mahallada”
янв.21
Hududdagi muammolar joyida hal etilmoqda: sayyor qabul amaliy natija bermoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi, oilaviy qadriyatlar va ma’naviyat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy sohadagi muammolar o‘rganildi
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi

Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali hamkorligida “Shaftolizor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "3-Istirohat" okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali bosh mutaxassisi Baxtiyor Sodiqov ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladilar.

📁 Uchrashuvda asosan “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari qatnashib, yerga egalik huquqini rasmiylashtirish, mulkni e’tirof etish, oila a’zolari o‘rtasida yer maydonlarini bo‘lish hamda kadastr hujjatlariga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirdilar.

🗂 Xususan, 5-proyezd Shoir ko‘chasi va 3-proyezd Shoir ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan qizil chiziqlar hududi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini qonuniylashtirish hamda mavjud holatlarni huquqiy tartibga solish masalalari ko‘tarildi. Shuningdek, ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan ham murojaat qildilar.

📆 Qabul davomida barcha murojaatlar joyida o‘rganilib, fuqarolarga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Jumladan, 5-proyezd Shoir ko‘chasidagi mahalla hududi bilan bog‘liq murojaat fuqarolar talabi asosida joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida noqonuniy egallab olingan yer maydonida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy izoh va tavsiyalar berildi. Mas’ullar tomonidan ushbu mahalla hududi 2026-yil noyabr oyida reja asosida xatlovdan o‘tkazilishi, mazkur obyektni xatlov reyestriga taklif sifatida kiritish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

📇 Qabul jarayonida 10 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🔼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali tomonidan fuqarolar qabullari izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi qabul 14-may kuni soat 15:00 da Uchtepa tumanidagi “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tadi.

Slide 1 of 6