❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari, Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi O. Buzurukxodjayeva hamda Toshkent shahar 2-son shahar klinik shifoxonasi shifokori, tuman Kengashi deputati U. Ruziyev bayram munosabati bilan tashkil etilgan tabriklash tadbirida ishtirok etdilar.
📌Tadbir davomida inson salomatligi yo‘lida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan moʻtabar ustozlar va faxriy shifokorlarga alohida ehtirom ko‘rsatilib, ularga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi.
🔰Shuningdek, tibbiyot sohasi faxriylarining ko‘p yillik mehnati va aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi xizmatlari yuksak e’tirof etildi.