Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashining ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 11-Yollama saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Isoqov tomonidan tumandagi Yollama MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati hamda amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning tadbirkorlikka jalb etilishi hamda ularning muammolarini hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama etildi.
Deputat tomonidan yoshlar bandligini oshirish, ularni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.