Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hududdagi muammolar joyida hal etilmoqda: sayyor qabul amaliy natija bermoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi, oilaviy qadriyatlar va ma’naviyat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy sohadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
янв.21
Xalq vakili MFYda "yettilik" vakillari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi
янв.21
Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 13-“Misgarlik” saylov okrugi deputati M.Aminova tomonidan “Misgarlik” mahallasida ayollari bilan kredit olish va ishga joylashtirish xaqida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 13-“Misgarlik” saylov okrugi deputati M.Aminova tomonidan “Misgarlik” mahallasida ayollari bilan kredit olish va ishga joylashtirish xaqida uchrashuv bo'lib o'tdi.

 Uchrashuv davomida ayollarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, imtiyozli kreditlardan foydalanish tartibi hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, kasb-hunar o‘rganish orqali doimiy daromad manbai yaratish, oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yish va o‘zini o‘zi band qilish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

 Tadbir yakunida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Bundan tashqari fuqaro S.Ismoilov salomatligi bilan bog‘liq holat o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning sog‘lig‘i, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hamda zarur davolanish choralarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar tomonidan uning holatidan kelib chiqib, tegishli tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1