Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Olmazor tumanidagi “Shodiyona” mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumanidagi "Gulsaroy" MFY yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
“Haftalik ish reja doirasida deputatlar mahallada”
янв.21
Hududdagi muammolar joyida hal etilmoqda: sayyor qabul amaliy natija bermoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi, oilaviy qadriyatlar va ma’naviyat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy sohadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
Deputatlar maktablardagi sport sharoitlarini ko‘zdan kechirdi

Deputatlar maktablardagi sport sharoitlarini ko‘zdan kechirdi

🔵Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov hamda deputatlar S.Rajabova va T.Ashurovalar ishtirokida 9-“Xatib qahramon” saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.

Ishchi guruh hududdagi 18-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning ijro etilishi holati tahlil qilindi.

O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:

Maktabning sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi;

Senat tavsiyalari asosida moddiy-texnik bazani mustahkamlash choralari;

O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish.

Slide 1 of 1