Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan texnikumning ishlash istagidagi bir guruh o‘quvchi-yoshlari uchun viloyatimizdagi yangi qurilayotgan sanoat zonasiga hamda yaqinda faoliyatini yo‘lga qo‘ygan zamonaviy korxona obyektlariga mazmunli ekskursiya tashkil etildi. 🏭✨
Mazkur ekskursiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish hamda kelgusida o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. 🎯👷♂️👩🏭
Ekskursiya davomida o‘quvchilar sanoat zonasida barpo etilayotgan yangi loyihalar, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga ish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar, oylik maoshlar 💰, mehnat tartibi hamda xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 📊📚
Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning ishlash istagi, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari tinglandi. 🗣💬 Bu esa o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.
Ekskursiya yakunida o‘quvchilar katta taassurotlar bilan qaytib, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yganliklarini ta’kidlashdi. 🌟
Mazkur tashrif ularga nafaqat yuqori kayfiyat, balki kelajak rejalari uchun mustahkam motivatsiya ham bag‘ishladi.