Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Men ham ko'chat ekaman" aksiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumanidagi mahallalarda o‘rganish ishlari: yettilik faoliyati va sport infratuzilmasi nazoratda
янв.21
“Gulzor” MFYda ochiq muloqot: muammolar tinglandi, choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni o`rganmoqda
янв.21
Axborot maydonida mahalliy Kengashlar faoliyatini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat mutasaddilar bilan hududda sayyor qabul olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari hamda Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi III chaqiriq 25-sessiyasi 31-mart, soat 15:00 da (https://kengash.gov.uz/doc/257377) bo'lib o'tadi.
янв.21
Olmazor tumanida tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Kuni kecha “Butunjahon suv resurslari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan hamda Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston milliy universitetida “Suv –hayot manbai” mavzusida tashkil etilgan davra suhbati suv resusrlarilan oqilona va samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.
Haftalik ish-reja

6- aprel -10-aprel kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy hafta davomida hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

🔹 06.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni joyiga chiqqan holda o‘rganadi. Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

 🔹 07.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Do‘stlik” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganadi. Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 08.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmadjanovich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi bo‘yich aishlarni o‘rganadi. Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

🔹 09.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 10.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Nurli kelajak” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganadi. Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov