Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati yuzasidan o`rganish olib borildi
янв.21
"Mustaxkam oila - jamiyat poydevori" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
Oltinsoy mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Olmazor tumanidagi “Shodiyona” mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumanidagi "Gulsaroy" MFY yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
“Haftalik ish reja doirasida deputatlar mahallada”
янв.21
Hududdagi muammolar joyida hal etilmoqda: sayyor qabul amaliy natija bermoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi, oilaviy qadriyatlar va ma’naviyat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy sohadagi muammolar o‘rganildi
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati- kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne’matjon qizi tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati- kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne’matjon qizi tomonidan Navbahor mahallasi hududida joylashgan aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla hududida joylashgan akademik litseyning sport insootlari hamda Navbahor mahallasida joylashgan yagona futbol maydonchasi o'rganildi.

 Mahalladagi futbol maydonchasi ta'mirtalab holatdaligi va yoshlarga boshqa sport inshootlari mavjud emasligi aniqlandi.

️Mazkur o‘rganish ishlari “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq amalga oshirildi. Ushbu qonunlarga ko‘ra, deputatlar hududlardagi ijtimoiy sohalar holatini o‘rganish, aholini qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda tegishli idoralar oldiga ularni hal etish yuzasidan masalalar qo‘yish huquqiga ega. 

Slide 1 of 9